17.10.2025
840
uGaz: Raqamli monitoring va xavfsizlik.

uGaz nima uchun foydalanialdi?
Tizim barcha jarayonlarni real vaqtda qayd etadi: sotilgan gaz hajmini, bosim koʻrsatkichlarini va har bir avtomobilni foto-identifikatsiya qiladi. Shuningdek, tizim quyidagi xavfli vaziyatlarni zudlik bilan aniqlaydi:
- Bosimning 200 bar meʼyoridan oshishi.
- Texnik koʻrik muddati oʻtgan avtomobillarga gaz quyish.
- Roʻyxatdan oʻtmagan gaz uskunasining (GBU) aniqlanishi.
uGaz yordamida nazorat organlari doimiy monitoring olib boradi va qoidabuzarliklarni qayd etadi. “Toshshahartransxizmat” AJ bilan integratsiya esa jamoat transportining gaz sarfini avtomatik va shaffof nazorat qilib, noqonuniy gaz quyish holatlarining oldini oladi.
uGaz — xavfsizlik va shaffoflikni kafolatlovchi raqamli nazorat.